10:07 / 09.02.2019
12948

OAV: AQSh Afg‘onistonda toliblarga qarshi hujumlarni kuchaytirdi

Foto: Jalil Rezayee/EPA, via Shutterstock

AQSh qurolli kuchlari Afg‘onistonda «Tolibon» harakati jangarilariga hujumlarni ular bilan tinchlik to‘g‘risidagi muzokaralar fonida kuchaytirdi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Pentagon Afg‘onistonda toliblarga qarshi aviazarbalar hamda yer ustidagi maxsus amaliyotlar sonini oshirgan.

Ta'kidlanishicha, AQSh bu siyosatdan muzokaralardagi qo‘shimcha dastak sifatida foydalanmoqda. 

Shu bilan birga, muzokaralar davomida «Tolibon» vakillari AQSh tomonidan hujumlar soni ko‘payganiga shikoyat qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston mamlakat hududida Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» o‘rtasida muzokaralar uchun sharoit yaratib berishga tayyor ekani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top