16:55 / 09.02.2019
37123

Toshkent viloyatida bedarak yo‘qolgan ikki ayol Buxorodan topildi

Illyustrativ foto/KUN.UZ

2019 yil 2 fevral kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi F.Yu. IIBga murojaat qilib, shu yil 1 fevral kuni soat 11:30larda birga yashovchi rafiqasi S.Yu., dugonasi M.M. bilan birga shu uydan noma'lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganliklarini ma'lum qilgandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan samarali qidiruv ishlari va fuqarolarning faol ishtiroklari tufayli S.Yu. va M.M.lar Buxoro shahar hududidan sog‘-salomat topildi. 

“O‘z o‘rnida boshqalar taqdiriga befarq bo‘lmagan fuqarolarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz”, - deyiladi IIV xabarida.

Top