O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Chimyon»da qor ko‘chkisi xavfi haqida ogohlantirdi. Bu haqda vazirlik xabarida aytilgan.
Qayd etilishicha, «Chimyon» hududida 2019 yilning 11 fevral soat 08:00 dan 12 fevral soat 08:00 gacha qor ko‘chkisi xavfi e'lon qilindi.
«Aziz dam oluvchilar! Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va «Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud» belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni iltimos qilamiz», - deyiladi FVV xabarida.