11:08 / 11.02.2019
42867

O‘zbekiston chempionatida jahon rekordi o‘rnatildi

Foto: Anvar Ilyasov

Og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida jahon rekordi qayd etildi. Bu haqda GoSport xabar bermoqda.

Samarqanddagi o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida 2002 yil tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston chempionatining qizlar o‘rtasidagi bahslarida, -64 kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etayotgan Kumushxon Fayzullayeva dast ko‘tarishda 97 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirgan holda musobaqa oltin medali bilan bir qator mazkur vazn toifasida o‘smirlar o‘rtasidagi jahon rekordini yangiladi.

Yoshlar o‘rtasida jahon chempioni, o‘smirlar o‘rtasida olimpiada chempioni bo‘lgan Fayzullayeva siltab ko‘tarishda 121 kg, jami 218 kg natija bilan o‘z vazn toifasida tengsiz deb topildi.

Ma'lumot uchun, o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida yigitlar va qizlar o‘ntadan vazn toifasida bahs yuritishdi. Besh kun mobaynida o‘tkazilgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 250 nafardan ziyod o‘g‘il-qizlar ishtirok etishdi. 

Top