08:39 / 11.02.2019
26058

Perinatal markaz hamshirasi qo‘lga olindi. U tanishining o‘g‘lini sotib yubormoqchi bo‘lgan

Foto: Global Look Press

2019 yil 6 fevral kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar o‘tkazilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Natijada, Urganch tumani Bekobod qishlog‘i Qo‘ng‘irot mahallasida yashovchi, Xorazm viloyati perinatal markazi hamshirasi N.Yu. (ayol) Yangi Urganch ko‘chasida, tanishi Sh.V. (ayol)ning shu yil 21 yanvarda tug‘ilgan o‘g‘lini L.B. (ayol)ga 1 700 000 so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiyda ayol kishi uch yoshli o‘g‘lini sotayotgan vaqtida ushlangandi.

Mavzuga oid
Top