16:08 / 11.02.2019
18873

Saloh A Seriyaga qaytishi mumkin, buning uchun 200 mln yevro to‘lashmoqchi

Foto: Xinhua/Barcroft Images

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohga «Yuventus» qiziqish bildirmoqda, deb xabar tarqatdi Don Balon.

Manbaga ko‘ra, turinliklar yozda hujumchi Paulo Dibala jamoani tark etgan taqdirda, uning o‘rnini 26 yoshli misrlik futbolchi bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda.

Qayd etilishicha, «Yuve» Saloh uchun 200 mln yevro to‘lashga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» Muhammad Salohni 2017 yili «Roma»dan 42 mln yevroga sotib olgandi. Uning mersisaydliklar bilan bitimi 2023 yilgacha mo‘ljallangan.

Saloh joriy mavsumda 34ta o‘yin o‘tkazib, 20+8 mahsuldorlik natijasini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Yuventus» Dibalaning o‘rniga ikki futbolchi nomzodini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingan edi.

Top