07:31 / 11.02.2019
6764

Venesuela sanksiyalar sababli 350 mlrd dollarlik ziyon ko‘rgani ma'lum qilindi   

Foto: RIA Novosti

Venesuelaga qarshi moliyaviy sanksiyalar 2013 yildan beri bu mamlakatga 350 mlrd dollarlik ziyon yetkazgan. Bu haqda Geosiyosat bo‘yicha Lotin Amerikasi strategik markazi (CELAG) hisobotida ma'lum qilingan. 

Mutaxassislarning fikricha, mamlakatning 2013 yildan 2017 yilgacha moliyaviy yo‘qotishlari 1,1-1,6 yalpi ichki mahsulotni tashkil qilgan. Pul ekvivalentida bu 245 mlrd dollardan 350 mlrd dollargachani, ya'ni kishi boshiga 8,4 ming dollardan 12,1 ming dollargachani tashkil qiladi.     

AQShning Karakasga qarshi sanksiyalari bir necha yildan beri amal qiladi. 2019 yil yanvar oxirida Vashington Venesuelaning PDVSA neft kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritishini e'lon qildi va uning 7 mlrd dollarlik aktivlarini bloklab qo‘ydi. 

Yevropa Ittifoqi Venesuelaga qarshi sanksiyalarni 2017 yil noyabrdan kiritgan. 

Top