10:36 / 13.02.2019
10723

AQSh Yevropani qanday qilib mustahkamlashi aytildi

Foto: Flickr

Pentagon Yevropada Stryker ko‘p funksiyali zirhli jangovar mashinalar joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Fox News xabar berdi.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, zirhli mashinalarni joylashtirish jarayoni 2020 yilgacha tugallanishi kutilmoqda.

Ta'kidlanishicha, AQSh Rossiyaga qarshi turish uchun «Yevropani mustahkamlash»ni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, Stryker’lar qisqa masofaga parvoz qiladigan Hellfire va Stinger raketalari bilan jihozlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya gipertovushli raketani qachon yaratishi ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top