8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

19:41 / 13.02.2019 3402

NATO o‘z kuchlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti

NATO hozirda o‘z kuchlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti. Bu haqda NATO mudofaa vazirlari uchrashuvida alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg aytdi.

"Kuchlarni olib chiqib ketish borasida hozircha hech qanday qaror qabul qilinmadi. NATOning Afg‘onistonda bo‘lishi tinchlikni qaror toptirish uchun sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan", dedi u.

Afg‘onistonda harbiy operatsiya 2001 yil dekabrdan buyon davom etmoqda. 2010-2013 yillarda bu davlatda G‘arb qurolli kuchlari soni 150 mingdan ortiq kishini tashkil etgan. Hozirda mamlakatda alyansning 14 ming kishilik instruktor va maslahatchilari qolgan.

Top