16:48 / 14.02.2019
7167
Darig‘a Nazarboyeva: «An'anaviy OAV yo‘q bo‘lib ketmoqda, bundan internet foyda ko‘rmoqda»
Foto: Kazinform

Darig‘a Nazarboyeva ommaviy axborot vositalarini akkreditatsiya qilish qoidalariga kiritilishi rejalashtirilgan o‘zgartishlar haqida o‘z fikrini aytdi. Avvalroq, tegishli buyruq loyihasi Qozog‘iston Axborot va kommunikatsiyalar vazirligi saytida paydo bo‘ldi. O‘zgartishlarga ko‘ra, reglament va tartibni buzgan jurnalistlar akkreditatsiyadan mahrum etilishi mumkin, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz.

Nazarboyevaning ta'kidlashicha, qonun loyihasi keng muhokamaga taqdim etilishi kerak. Deputatning fikricha, jurnalistlar hamjamiyati bunday masalalarda passivdir.

Uning jurnalistlarga xabar berishicha, tegishli o‘zgartirishlarga ega hujjatni ko‘rmagan, lekin uni o‘rganib chiqish hamda Axborot va kommunikatsiyalar vazirligida muhokama qilishni, shuningdek, kelgusi hafta ushbu masala bo‘yicha javob taqdim etishni va'da qildi.

Darig‘a Nazarboyevaning fikricha, soha yuqori darajada tartibga solinadi, bu an'anaviy ommaviy axborot vositalarining yo‘qolishiga olib kelmoqda, bundan esa internet foyda olmoqda.

Deputatning ma'lum qilishicha, jurnalistlar muqobil qonun loyihasini ishlab chiqishlari va uni taklif qilishlari kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘istonda yangi vazirlik tashkil etishni taklif qilgandi.

Top