09:12 / 14.02.2019
18378

«Insoniyatga qarshi jinoyat». Kolumbiya prezidenti Venesuela bo‘yicha bayonot berdi

Foto: Kommersant

Kolumbiya prezidenti Ivan Dukening ma'lum qilishicha, Venesuela hududiga xorijiy insonparvarlik yordami kiritilishiga rad javobini berish «insoniyatga qarshi jinoyat» hisoblanadi. Bu haqda RCN xabar qilmoqda.

U bu xabarni diktaturaga yetkazib qo‘yishga chaqirdi.

Dukening qo‘shimcha qilishicha, Kolumbiya «o‘z hududini insonparvarlik yordami yetkazib berish uchun ochib qo‘yishni davom ettirish» niyatida.

Avvalroq, Ivan Duke Kolumbiya tomoni Venesuelani «ozod qilish»ga yordam berishga harakat qilishini aytgandi. 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Xitoy Venesuela muxolifati bilan muzokaralarga kirishgandi.

Mavzu
Venesuelada siyosiy inqiroz
Venesuela prezident Nikolas Maduroga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari girdobida qoldi. 23 yanvar kuni, ushbu namoyishlar avjiga chiqqan vaqtda Venesuela parlamenti rahbari Xuan Guaydo o‘zini mamlakatning muvaqqat prezidenti deb e’lon qildi
Barchasi
Top