«Monako» klubi vitse-prezidenti Vadim Vasilev lavozimini tark etdi.
Mulozim qoniqarsiz natijalar tufayli, klub prezidenti Dmitriy Ribolovlev qaroriga ko‘ra ishdan bo‘shatildi.
Vasilev 6 yil davomida «Monako»da ishladi. Bu vaqt mobaynida klub 5 marta Fransiya chempionati sovrindorlari safiga kirdi, 17 yilda ilk marotaba mamlakat chempioni bo‘ldi, Chempionlar Ligasi yarimfinaliga chiqdi.
Liga 1 musobaqasining joriy mavsumida «Monako» 24 turdan so‘ng 18-o‘rinda bormoqda. Jamoa quyi ligaga tushib ketish xavfi ostida turibdi.
Klub mavsum davomida 2 marta bosh murabbiyni o‘zgartirdi. Dastlab Leonardu Jardim iste'foga chiqarilib, uning o‘rniga Terri Anri tayinlandi. So‘ngra u ham ishdan bo‘shatildi va Jardim bosh murabbiylikka qaytarildi.