23:00 / 14.02.2019
14221

UYeFA Ramosning so‘zlaridan so‘ng intizomiy ish ochdi

UYeFA «Real» himoyachisi Serxio Ramos ustidan intizomiy ish ochdi.

32 yoshli futbolchi Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Ayaks»ga (2:1) qarshi o‘yinning 89-daqiqasida atayin sariq karta olganiga sha'ma qilgan edi. Keyinchalik, o‘z so‘zlaridan tonib, buni atayin qilmaganini ta'kidladi.

Bu Ramosning musobaqadagi uchinchi sariq kartasi bo‘ldi. Endi u Madriddagi javob bahsini o‘tkazib yuboradi.

Agar UYeFA Ramosning bu ishni atayin qilganiga isbot topsa, himoyachi jiddiyroq jazolanishi va bir emas, ko‘proq o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Top