18:59 / 15.02.2019
3042
Kongoda Ebola virusi yuqish holatlari 829taga yetdi
Foto: Getty Images

Kongo Demokratik Respublikasida xavfli Ebola virusi yuqishi holati 829taga yetdi, deb xabar qildi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rasmiy vakili Kristian Lindmayyer.

"Biz kecha Kongo sog‘liqni saqlash vazirligidan ma'lumot oldik. Hozirda 829ta virus yuqish holati qayd etilgan bo‘lib, undan 768 tasi tasdiqlangan va 61 tasi taxmin qilinmoqda. Shuningdek, 521 kishi vafot etgan, 283 kishiga kasalxonadan chiqarildi, ammo ularni kuzatish davom ettiriladi. Bugungi kunda 68 nafar tibbiyot xodimi ham Ebolani yuqtirib olgan", - dedi u.

Avvalroq 806 kishi virus yuqtirgani va 505 kishi vafot etgani xabar qilingandi.

Ebola virusi kasalligi o‘tkir virusli infeksiya bo‘lib, insonlar va ayrim hayvonlarning o‘limiga olib keladi. 2015 yilda G‘arbiy Afrikada Ebola epidemiyasi tarqalgan bo‘lib, u uch davlat: Gvineya, Serra-Leone v Liberiyani qamrab olgan.

Top