11:29 / 15.02.2019
8393

Markaziy bank inflatsiya prognozini aprel oyigacha qayta ko‘rib chiqmaydi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Markaziy banki 2019 yil III chorak boshida inflatsiya prognozini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda MBning pul-kredit siyosati sharhida aytilgan.

2019 yil va 2020-2021 yillar davriga mo‘ljallangan pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarida keltirilgan iqtisodiyot rivojlanishning bazaviy ssenariyasiga asosan 2019 yil yakunlari bo‘yicha inflatsiya 13,5-15,5 foiz oralig‘ida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Markaziy bank ushbu prognoz ko‘rsatkichlarni o‘zgarishsiz qoldirdi. Bunda, tartibga solinadigan narxlar oshirilishining ikkilamchi ta'siri ko‘lamining kengayishi, ya'ni energiya resurslari uchun xarajatlarning oshishi sababli ichki tovarlar va xizmatlar tannarxining qimmatlashishi bilan 2019 yilning boshida nisbatan o‘suvchi inflyatsion muhit kutilmoqda. 

Yillik inflatsiyaning eng yuqori qiymati 2019 yilning I choragida yuzaga keladi. Bundan tashqari, biznes sub'yektlarining soliq to‘lashning yangi sharoitlariga moslashishi davrida inflatsiyaning qisqa muddatli tebranishi kuzatilishi mumkin. 

«Bunday holat aniqroq prognozlarni ishlab chiqishni birmuncha qiyinlashtiradi», - deyiladi sharhda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq narxlar o‘sishiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy nomonetar omillar ma'lum qilingandi.

Top