08:49 / 15.02.2019
20104

Xokkey bo‘yicha Kuvayt o‘smirlar jamoasi 219 ta shayba o‘tkazib yubordi. Ammo uni hamma yaxshi ko‘rib qoldi 

Rossiyaning Janubiy Saxalinsk shahrida 17 yoshgacha sportchilar uchun “Osiyo bolalari” birinchi qishki xalqaro o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Turli sport turlari bo‘yicha finallar o‘tkazilishi va o‘yinlar yopilishiga hali vaqt bor bo‘lsa-da, biroq o‘yinlarning eng katta voqeasi bo‘lib o‘tdi – xokkey bo‘yicha Kuvayt terma jamoasi guruh bahslarida ishtirok etdi.

Foto: sakhalin2019.org

Xokkey bo‘yicha hattoki kattalar Kuvayt terma jamoasi haqida hech kim eshitmagan bo‘lsa-yu, bu yerda o‘smirlar klyushkalar bilan muz ustida harakat qilsalar. Aytish joizki, kuvaytliklar guruh bosqichida 4 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblariga umumiy hisobda 0:219 hisobida yutqazishdi.

Foto: sakhalin2019.org
Foto: sakhalin2019.org

Natija falokatli, ammo sababi tushunarli: kuvaytlik yigitlar nafaqat xokkeydan, balki umuman muzdan yiroqlar – ular konkilarga o‘yinlarga 3 hafta qolgandayoq ilk bor turganlar.

Biroq ular o‘ta yirik mag‘lubiyatlarga qaramay, tezda yoqimtoylarga aylandilar – ijtimoiy tarmoqlarda kuvaytlik yigitlar qo‘llab-quvvatloviga #gokuwait xeshtegi tashkil etildi, tribunalarda esa ushbu davlat bayroqlari bilan ko‘plab muxlislarni uchratish mumkin bo‘lgan. 

Foto: sakhalin2019.org
Foto: sakhalin2019.org

“Xokkey – bu haqiqiy erkaklar sport turidir va siz bu musobaqaga chiqib, uni oxirigacha yetkazganlaringizning o‘zi uchun ham tahsinga sazovorsizlar. Mag‘lubiyatlarsiz katta g‘alabalar bo‘lmaydi. Kelajakda sizda barchasi yaxshi bo‘ladi. Bo‘shashmang va omad”, deb murojaat qilgan kuvaytlik o‘smirlarga Rossiya yoshlar terma jamoasi murabbiyi Yuriy Babenko.

Ekzotik jamoa haqida Milliy xokkey ligasining sobiq yulduzlari ham xabar topib, uni qo‘llab-quvvatlashgan.

“Shovvozlar, harakat qilishsin va barchasi o‘ngidan keladi. Kuvaytga salom”, deb aytgan Pavel Bure.

Foto: sakhalin2019.org
Foto: sakhalin2019.org

Kuvaytga 33 yoshli Boyan Zidarevich murabbiylik qiladi. U, shuningdek, Kuvaytning asosiy terma jamoasida assissentlardan biridir.

Zidarevichning aytishicha, ikkita yirik g‘alabadan keyin uning yigitlari uchinchi o‘yinga tayyor emasdilar.

“Yigitlarimga dastlab 60:0, keyin esa 77:0 hisobidagi mag‘lubiyatlar katta shok bo‘ldi. Murabbiy sifatida menga ham bu yoqimsizdir. Biroq biz jamoamiz internetda qo‘llab-quvvatlanayotganidan xabar topgach, bugun muz ustiga chiqishga qaror qildik”, deb aytgan murabbiy.

Foto: sakhalin2019.org

Kuvaytlik xokkeychilar oxirgi o‘yinlaridan keyin “G‘alabaga intilish” medallari bilan taqdirlanganlar va bundan o‘zlarini baxtiyor sezganlar.

Foto: sakhalin2019.org
Foto: sakhalin2019.org

“Osiyo bolalari” qishki o‘yinlari tarixda ilk bor o‘tkazilmoqda. 17 yosh va undan kichik sportchilar 8 ta sport turi bo‘yicha bahs olib bormoqdalar: figurali uchish, xokkey, short-trek, tog‘ chang‘isi, snoubord, biatlon, chang‘i poygalari, tramplindan chang‘ida sakrash.

O‘shbu o‘yinlarda o‘zbekistonlik o‘smirlar ham ishtirok etmoqda. Umuman olganda, ilk marotaba tashkil etilayotgan musobaqada 20 dan ortiq davlatdan 1200 ga yaqin sportchi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.

O‘yinlar 17 fevralgacha davom etadi. 

Keyingi o‘yinlarni 2022 yilda o‘tkazish rejalashtirilgan. “Osiyo bolalari” yozgi o‘yinlari esa 1996 yildan beri har 4 yilda o‘tkazib kelinadi.

Top