08:50 / 16.02.2019
8602

A Seriya. Dibala, Bonuchchi va Ronalduning gollari «Yuventus»ga yirik g‘alaba keltirdi

Foto: Juventus F.C

Italiya A Seriyasining 24-tur o‘yinlarini peshqadam «Yuventus» va autsayder «Frozinone» o‘zaro bahs bilan ochib berishdi.

Turinda kechgan uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi; Paulo Dibala, Leonardo Bonuchchi va Krishtianu Ronaldu o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi.

«Keksa sinora» A Seriyaning oxirgi uchta o‘yinidan buyon uchtadan to‘p kiritib kelmoqda. Dastlab fevral oyi boshida «Parma» bilan 3:3 o‘ynagan «Yuve» keyinroq «Sassuolo»ni 3:0 hisobida mag‘lub etgandi. Ayni paytda jamoa ochkolari sonini 66taga yetkazib, birinchi o‘rinda mustahkam joy egallab turibdi. 

Amaldagi chempion keyingi turda «Bolonya» mehmoni bo‘ladi. 19-pog‘onada qolayotgan «Frozinone» esa «Roma»ni o‘z maydonida qabul qiladi. Har ikki uchrashuv ham 23 fevralga belgilangan.

Italiya chempionati
24-tur, 15 fevral
Yuventus – Frozinone 3:0 (2:0, 1:0)
ollar: 1:0 – 6 Dibala, 2:0 – 17 Bonuchchi, 3:0 – 63 Ronaldu.
Yuventus – Shchensny, Joau Kanselu, Bonuchchi, Kellini (Kaseres, 70), De Shilo, Bentankur, Djan, Xedira (Pyanich, 81), Dibala, Mandjukich, Ronaldu (Bernardeski, 64).

16 fevral
22:00. Kalyari – Parma
00:30. Atalanta – Milan

17 fevral
16:30. SPAL – Fiorentina
19:00. Empoli – Sassuolo
19:00. Udineze – Kevo
19:00. Jyenoa – Latsio
22:00. Inter – Sampdoriya
00:30. Napoli – Torino
00:30. Roma – Bolonya

Top