8389.97 USD +11.93

9491.57 EUR +3.44

129.72 RUB +0.63

11082.3 GBP -51.27

09:08 / 16.02.2019 5608

Abdulaziz Komilov Myunxenda Shoh Mahmud Qurayshiy bilan uchrashdi

2019 yilning 15 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Myunxen shahrida (Germaniya) xavfsizlik bo‘yicha konferensiya ishida qatnashayotgan Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy bilan uchrashdi.

TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida mintaqadagi vaziyatning rivojlanishi hamda O‘zbekiston – Pokiston hamkorligining istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan.

O‘zbekiston bilan Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarda so‘nggi ikki yilda kuzatilayotgan faollashish davlatlararo hamkorlikni kengaytirish uchun, jumladan Afg‘onistondagi holatni tinch yo‘l bilan bartaraf etishga ko‘maklashish borasidagi sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha obektiv shart-sharoitlarni yaratishi ta'kidlandi.

Uchrashuvda umumiy kun tartibining boshqa masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abdulaziz Komilov Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani bilan uchrashgandi.

Top