12:44 / 16.02.2019
35772

Andijon viloyati IIB boshlig‘iga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Sanjar Jabborov/Foto: IIB Matbuot xizmati

Ichki ishlar vazirligi hududiy tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berilgan.

Xususan, podpolkovnik Sanjar Bo‘ronovich Jabborov Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ma'lumot uchun, Sanjar Jabborov bundan avval Oltinko‘l tumani IIB boshlig‘i sifatida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyat IIBning qator mansabdor shaxslari hibsga olingani xabar berilgandi.

Top