13:49 / 16.02.2019
4273

OAV: AQSh Afg‘onistondagi harbiylari sonini qisqartirishi mumkin

Foto: REUTERS/Omar Sobhani

AQSh Afg‘onistondagi harbiylari sonini taxminan ming kishiga qisqartirishi mumkin. Bu haqda Reuters Amerika quruqlikdagi qo‘shinlari generali Jozef Votelga asosan xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bunday qaror samaradorlikni oshirish bo‘yicha yangi siyosatga bog‘liq, uni armiya generali Skott Miller boshchiligidagi yangi qo‘mondonlik amalga oshirilmoqda. Ta'kidlanishicha, shu vaqtga qadar AQShning Afg‘onistondagi harbiy ishtirokini, aksincha, sekinlashtirish yoki to‘xtatishga urinishgan.

Agentlikdan aniqlik kiritishlaricha, Afg‘onistonda jami 14 mingga yaqin amerikalik harbiy bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagonning vaqtinchalik rahbari Afg‘onistonga to‘satdan kelgandi.

Mavzuga oid
Top