22:11 / 17.02.2019
15257

Polsha bosh vaziri Netanyaxuning gaplaridan keyin Isroilga safarini bekor qildi

Foto: REUTERS

Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy “Vishegrad guruhi” (Polsha, Vengriya, Chexiya va Slovakiya) davlatlari va Isroilning uchrashuvi o‘tadigan Al-Qudsga safarini bekor qildi. Uchrashuv 19 fevralga belgilangan.

Bu haqda bosh vazir devonxonasi rahbariga iqtibos keltirgan holda Polsha televideniyesi ma'lum qildi.  

Ta'kidlanishicha, Polshadan uchrashuvda mamlakat tashqi ishlar vaziri Yatsek Chaputovich ishtirok etadi.

Taxmin qilinishicha, Moravetskiyning safarini bekor qilishiga Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning “polyaklar Ikkinchi jahon urushi vaqtida natsistlar bilan hamkorlik qilgani” haqida OAVda e'lon qilingan bayonoti sabab bo‘lgan.   

Polsha prezidenti Anjyey Duda 2018 yil iyunda polyaklarning xolokostda ayblanishi bo‘yicha jinoiy jazoning bekor qilinishini ko‘zda tutuvchi qonunni imzolagandi.

Top