13:00 / 18.02.2019
35906
Reklama

BDK feed omuxta yemlari: sifatli natijaga erishish kafolati!         

Chorvachilik va parrandachilik yetti xazinaning biri. So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda ham ayni shu soha rivojiga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Yirik va mayda shoxli qoramol, baliqchilikka ixtisoslashgan klasterlar paydo bo‘lyapti. Shu bilan birga, qishloq joylarda istiqomat qiluvchi oilalarda sigir, ho‘kiz, qo‘y-qo‘zi boqish amaliyoti o‘zining dolzarbligini yo‘qotmagan.

Shuning barobarida falon davlatda bitta sigirdan bir kunda falon litr sut olishadi, 1 tonna, 1,5 yarim tonna go‘sht beradigan buqalar bor, yo bo‘lmasa, bir gektar hovuzda 300 tonnagacha baliq yetishtirishmoqda, degan gaplar qulog‘imizga bot-bot chalinmoqda.

Xo‘sh, bizda shunday natijalarga erishish mumkinmi?

Boshqa sohalarda bo‘lgani kabi bu sohada ham hosildorlikni oshirish bo‘yicha turli samarali yechimlar taklif etilayotgani «ha, erishish mumkin», deya baralla aytish imkonini beradi. Xalqimiz, «Sigirning yeliniga qarama, yemiga qara», degan maqolni bekorga aytmagan.

Bozorda esa, kepak-kunjaradan tortib, presslangan yemgacha topiladi. Ammo, ularning barchasi ham siz kutgan yoxud xarid qilayotganingizda aytilgan samarani bermaydi. Buning sababi nimada? Siz xarid qilayotgan yemlar yetarli kaloriyaga ega bo‘lmasligi, oqsil, uglevod, vitamin va minerallarga boy emasligi chorvangiz yoki baliqlarning o‘sishi, vazn to‘plashiga aks ta'sir ko‘rsatadi.

Tas-IX

YouTube

Toshkent viloyati Qibray tumanida faoliyat yurituvchi BDK feed mas'uliyati cheklangan jamiyati O‘zbekistonda aynan yem ishlab chiqarish sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy qilib, yuqorida sanab o‘tganimiz kamchiliklarni bartaraf etgan holda mahsulot ishlab chiqarayotgan korxona hisoblanadi.

«Sifat, natija, kafolat» so‘zlarini o‘ziga dasturilamal qilib olgan MChJ havaskor chorvadordan tortib, yirik klasterlar uchun samarali, foydali, tez hazm bo‘ladigan, o‘zlashtirish darajasi yuqori bo‘lgan, vitamin va minerallarga boy omuxta yem mahsulotlarini taklif etadi.

«Baliq yemlaridagi oqsil, ya'ni protein miqdori 25 foizdan 45 foizgacha, hazm bo‘lish darajasi 80 foiz bo‘lishiga erishdik. Bu 250-300 gramm bo‘lgan baliq chavoqlari mavsum mobaynida 4 kg yem yesa, sotish davriga kelganida 3 kg vaznli baliqqa aylanadi, deganidir.  Chorva mollarimiz uchun ishlab chiqarilgan yemlarimiz ham go‘sht miqdori o‘sishini 20-30 foizga oshirmoqda. Mol va qo‘ylarda inson uchun zararli bo‘lgan xolesterin, ya'ni charvi miqdori kamayishi barobarida go‘sht miqdori ortib boradi.

Sog‘in sigirlarda sut va uning tarkibidagi yog‘ miqdori 20-30 foizgacha oshishiga erishiladi. Shu bilan birga, sigirlarning sog‘lig‘i yaxshilanadi. Kompaniyamiz yemlarni halollik va poklikka rioya qilgan holda ishlab chiqaradi. Omuxta yem mahsulotlarimizda hech qanday gormonal qo‘shimchalar yoki inson salomatligi uchun zararli bo‘lgan, halolligiga shubha bo‘ladigan qo‘shimchalarni yem mahsulotlarimizda umuman qo‘shmaymiz. Bu bizning asosiy prinsiplarimizdan biridir», - deydi MChJ rahbari Akbar Doniyev.

Albatta, bugungi kun tadbirkori yoki oddiy xaridor ham ancha bilimli, puxta. U bozorda o‘ziga taklif etilayotgan duch kelgan narsani xarid qilib ketavermaydi. Avval bozorni o‘rganib, olayotgan narsasini sinab ko‘rib, so‘ngra xarid qiladi.

Mazkur jamiyat ishlab chiqargan omuxta yemlardan foydalanib ko‘rgan chorvadorlar va baliq boquvchilar aynan BDK feed yemlarini tavsiya qilishmoqda. Biz ham ayni korxona mahsulotlari samaradorligi haqiqatga qanchalik mos kelishiga ishonch hosil qilish maqsadida respublikamizning Xorazm, Navoiy, Sirdaryo, Toshkent, Namangan va Andijon viloyatlarida mol boqayotgan, baliq yetishtirayotgan oilalar, tadbirkorlar bilan uchrashib, BDK feed omuxta yemlari xususida fikrlarini o‘rgandik.

«Xorazm viloyati, Shovot tumanida Veterinariya dorixonasida ishlayman. Mana shu BDK firmasi yemlari borligini eshitib, shundan o‘tgan yili olib kelib, sinovdan o‘tkazib, ishlatib ko‘rdik. Tarkibida vitamin va minerallar borligi tufayli, chorva mollarida modda almashinuvi yaxshi bo‘ladi. 5-6 kunda natija bera boshlaydi. Sutlari ko‘payadi, yog‘lilik darajasi oshadi. Qoramollarning erta kuya kelishi, raxit kasalligining oldini olishi bilan foydalidir», - deydi Shovot tumani veterinariya do‘koni mudiri Komil Ochilov.

«Biz Yangiariq tumanida sun'iy baliqchilik havzasini tashkil etganmiz. 60 gektar hovuzda 5 yildan beri faoliyat yuritib, baliq yetishtirib kelmoqdamiz. BDK yemlarining foydasi juda yaxshi, kaloriyasi yuqori. Bug‘doyga nisbatan bu yemning samarasi zo‘r», - deydi yangiariqlik baliqchi tadbirkor.

«2 yil oldin Xonqa tumanida chorva fermer xo‘jaligi ochdik. Yaqin kunlargacha o‘zimizning shrotga o‘xshash yemlardan berib turgandik. Xorazmga BDK ozuqasidan kelganini eshitib, undan berishni boshladik. Bu mollarning tezda o‘zgarishida ham sezildi. Ilgari 4-5 oy boqqanimizda 100 kilogrammga semirsa, bu yem bilan boqsak, 150-200 kg semiradi. Masalan, mana bu buqani shu yemdan oziqlantirmasdan avval tortganimizda tirik vazni 440 kg edi. Hozir 600 kg. Bunday o‘zgarish yemning ta'sirida deb bilaman», - deydi xonqalik chorvador.

Ta'kidlash o‘rinliki, BDK feed omuxta yemlaridan faqatgina uyida chorva boquvchi oilalar emas, balki yirik chorvachilik va baliqchilik xo‘jaliklari ham foydalanmoqda. Jumladan, Bekobod metallurgiya kombinatining chorvachilikka ixtisoslashgan yordamchi xo‘jaligi mana bir necha yillardan buyon BDK feed omuxta yemlaridan foydalanib keladi. Xo‘jalik zootexnigi Rahmatjon Abdusattorov nima uchun BDK feed yemlaridan foydalanishlarini tushuntirib berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, firma yemlari talabga javob beradi. Sigirlar sutining yog‘lilik darajasi yuqori, mazasi yanada xushta'm bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Yem tarkibida oqsil miqdori ko‘p. Sog‘in sigirlar 2-2,5 oyda urchitishga tayyor bo‘ladi. Bundan tashqari, bu yemlar buzoq va buqalarda ham ovqat hazm qilish tizimini yaxshi rivojlantirib, hayvon immunitetini mustahkamlash natijasida kasalliklardan himoya qiladi. Oddiy yemlarga nisbatan vazn olishini tezlashtiradi. Go‘sht tarkibida yog‘ qatlamlari kamayishi, go‘sht tolalari ortishiga olib keladi.

Biz intensiv baliqchilikda BDK feed omuxta yemlari samarasi qanchalik yuqori ekanini aniqlash maqsadida Namangan viloyati, Chust tumani, Rezaksoy suv omborida tashkil etilgan intensiv baliqchilik xo‘jaligida ham bo‘ldik.

«Baliqchilik xo‘jaligini o‘tgan yili fevral-aprel oylarida tashkil etdik. Chavoqlarni tashladik. BDK feed zavodidan yemlarni olib kelib bermoqdamiz. Mineral va vitaminlari bor. Shu yemlar bilan baliqlarimiz yaxshi rivojlandi. Hozirda, baliqlarni saralab, sotishga tayyorlab qo‘ydik. Bitta balig‘imiz tashlangan vaqtidagi vaznidan kelib chiqib, 1,5-2,5 kg tosh bosmoqda», - deydi Rezaksoy intensiv baliqchilik xo‘jaligi xodimi.

«Andijon shahrida ochilgan Valley Fish MChJ intensiv, ya'ni sadok usulida baliq yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Baliqlarimizni bir marta xarid qilgan yoki tayyor mahsulotimiznii tanovul qilib ko‘rganlar, baliqlarning mazali ekanini e'tirof etishmoqda. Bunga asosiy sabab, baliqlar yetishtirilayotgan ekologik toza suv va yuqori oqsilli, vitaminlarga boy BDK feed yem mahsulotlaridir», - Valley Fish rahbari.

Qolaversa, firma omuxta yemlaridan Respublika FA qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti ham tajriba ishlarida foydalanadi.

«Bugungi kunda yopiq aylanma tizimida baliq yetishtirish borasida yangi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdamiz. Unda BDK feed yemlaridan foydalanayapmiz. Tadqiqot natijalari yil oxirida ma'lum bo‘ladi. Hozircha, ishlarimiz qoniqarli ketmoqda», - deya ma'lum qildi institut xodimi.

Sirdaryo viloyatidagi echkichilikka ixtisoslashgan yirik klaster xo‘jaligi ham BDK feed omuxta yemlaridan foydalanadi.

«Aholini shifobaxsh echki suti bilan ta'minlash maqsadida Avstriyadan zotdor echkilar keltirdik. Eski sutlarini ko‘paytirishda esa, BDK feed yemlaridan samarali foydalanayapmiz. Bu omuxta yem sutni ko‘paytirib, yog‘liligini oshiradi. Tarkibida, kalsiy, fosfor, magniy, A va B to‘plam vitaminlari bor», - deydi echkichilik klasteri zootexnigi.

BDK feed – yetishtirilayotgan sut va go‘sht, baliq mahsulotlari sifatli bo‘lishini, tezda yuqori samara va natijaga erishishingizni, xalq dasturxoniga turli gormonlar va inson sog‘lig‘iga zararli bo‘lgan qo‘shimchalardan xoli bo‘lgan ekologik toza mahsulot yetkazib berilishini kafolatlaydi.  

Xususan, BDK feed omuxta yemlari berilgan sigir sutining yog‘lilik darajasi yuqori bo‘lib, yanada mazali sutga aylanadi. Ushbu yemdan iste'mol qilgan sigirlar immun tizimi yaxshilanadi. Buning natijasida hayvonlar kasallikka kam chalinadi. Buzoq bergan sigir sog‘lig‘i juda qisqa muddatda tiklanib, 2-2,5 oydan so‘ng, urchitish mumkin bo‘ladi.

Bo‘rdoqiga boqilayotgan hayvonning vazn olishi tezlashib, yog‘ qatlamlari miqdori kamayishi barobarida go‘sht miqdori oshadi. Salmonellez kabi parazitlarni yo‘qotishi tufayli ishtahasi ochiladi. BDK feed yemlaridan berilgan buzoqlarning oshqozon va ovqat hazm qilish tizimi rivojlanishi sababli bo‘yi tez o‘sadi.

BDK feed omuxta yemlarining xomashyosi Rossiya, Qozog‘iston va Yevropadan keltiriladi. Standartlarga to‘la muvofiqlik xomashyoning har bir yangi partiyasi va tayyor mahsulot laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilishi orqali ta'minlanadi.

Qolaversa, ishlab chiqarish jarayoni noyob texnologiya asosida tashkil etilganini alohida qayd etish darkor. Bunda yuqori haroratdagi bug‘ (100-120°C harorat) bilan ishlov berilgandan keyin yemning qumoqlashish jarayoni sodir bo‘ladi. Aksar zararli moddalar yo‘q bo‘lib, yemning hazm bo‘lish xususiyati oshadi. Shu bois, ivitilgan yoki quruq holatda berilganida ham bir xil samara beradi. Kerakli va foydali barcha moddalar saqlanib qoladi.

Ta'kidlash o‘rinliki, baliq yetishtiruvchilar va chorvadorlar yem mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlari haqida oz ma'lumotlarga ega. Masalan, yemning tarkibidagi kletchatka – xashakni anglatadi. Uning yem tarkibida ko‘p miqdorda bo‘lishidan qoramol va baliqqa ham foyda yo‘q.

Baliq yemlarida kletchatkaning 5 foizdan ortiq bo‘lishi zararli hisoblansa, qoramollar uchun bu raqam 8-9 foizgacha bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari fosfor, kalsiy minerallarining ham normadan ko‘p bo‘lishi yemning yengil hazm bo‘lish jarayoniga to‘sqinlik qiladi. Yemdagi oqsil yoki yog‘ miqdori yuqori bo‘lishi natijaga ijobiy ta'sir qiladi. Gapning indallosi, ilmiy yondashilgan holda ishlab chiqilgan omuxta yemlardan foydalansangiz, vaqtingizni ham naqdingizni tejaysiz.

BDK feed MChJ buyurtmani qabul qilib olganidan so‘ng, uni tayyorlash, manzilga jo‘natish ishlarini qisqa fursatda amalga oshiradi. Jamiyat jamoasi yuk tashuvchi avtomobillar va omborxonasi bo‘lgan temir yo‘l tarmog‘iga ega. Bu narsa xarajatlarni qisqartirish asnosida tayyor mahsulot narxini arzonlashtirishga xizmat qiladi.

BDK feed – sifat, natija, kafolat!

Murojaat uchun telefonlar: +998951444518; +998951444600; +998946236313;

Elektron pochta: bdkonsalting@mail.ru

Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Qipchoq MFY

Veb-sahifa: www.bdkfeed.uz    

Reklama huquqi asosida

Top