16:28 / 18.02.2019
5116

«Dalyan Ifan» Hamshik transferini e'lon qildi

Foto: Dalian Yifang FC

Uzoq vaqt «Napoli»da to‘p tepib kelgan yarimhimoyachi Marek Hamshik rasman Xitoyning «Dalyan Ifan» klubi a'zosiga aylandi.

Avvalroq «Dalyan Ifan» 31 yoshli slovakiyalik futbolchi uchun 18 mln yevro to‘lashi aytilgan, yana 2 mln bonuslar sifatida berilishi mumkinligi xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Hamshik 2007 yildan buyon «Napoli» sharafini himoya qilib keladi. U italyan klubi safida jami 520ta o‘yinda maydonga tushib, 120ta gol urgan va 111ta golli uzatma muallifi bo‘lgan. 2013 yildan buyon jamoa sardori bo‘lib kelgan xavbek neapolliklar klubi tarkibida ikki marotaba Italiya kubogini qo‘lga kiritgan.

Hamshik bu mavsum A Seriyaning 19 o‘yinida maydonga tushib, bittadan gol va samarali pasga mualliflik qildi.

Ma'lumot uchun, Dalyan shahri klubi 2009 yilda tashkil topgan. Klub o‘tgan mavsum Superligada 16 jamoa orasidan 11-o‘rinni egallagandi.

Mavzuga oid
Top