11:28 / 18.02.2019
23727

Zidan ikkita shart asosida «Chelsi» bosh murabbiyi bo‘lishga rozi

Foto: AFP

Fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan «Chelsi» ikkita shart bilan «Chelsi» bosh murabbiyi bo‘lishga rozi, deb xabar tarqatdi The Sun.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Zidan birinchidan, transferlar uchun kamida 220 mln yevro ajratilishini istamoqda. Ikkinchidan esa u Eden Azarning tarkibda saqlab qolinishini xohlaydi. Jamoa sardori so‘nggi vaqtlarda «Real»ga ketish istagini yashirmay kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 46 yoshli Zidan 2018 yilda, «Real» bosh murabbiyi sifatida ketma-ket uch marta YeChLda g‘olib chiqqanidan so‘ng iste'foga chiqqandi.

2019 yilni muvaffaqiyatsiz boshlagan «Chelsi» APLda 26-turdan keyin 50 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. YeChL yo‘llanmasini beruvchi to‘rtinchi pog‘onadan «aristokratlar»ni faqat bir ochko ajratib turibdi.

Top