15:37 / 19.02.2019
7778

Chirchiqda 2-sinf o‘quvchisini urib yuborgan haydovchi 7 yilgacha qamalishi mumkin

Shu yilning 6 fevral kuni soat taxminan 19:00larda haydovchi M.A “Neksiya” rusumli avtomobilini Toshkent shahar tomondan Chirchiq shahri tomonga boshqarib ketayotib, voyaga yetmagan piyoda, 2011 yilda tug‘ilgan, Chirchiq shahar 12-maktabning 2-sinf o‘quvchisi L.A.ni urib yuborgan.

Natijada voyaga yetmagan L.A. olgan tan jarohatlari tufayli Chirchiq shahar markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayonida shu narsalar oydinlashdiki, o‘rnatilgan kuzatuv kameralari orqali olingan tasvirlarda haydovchi svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanganligi yaqqol ko‘ringan. 

Haydovchi M.A. o‘tgan bir yil davomida 8 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzib ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganligi, ulardan aynan bitta huquqbuzarlik piyodalarga yo‘l bermaganligi uchun ma'muriy chora ko‘rilganligi ma'lum bo‘ldi. 

Yuqoridagilarni hisobga olib, jinoyat protsessual kodeksining 221- moddasi bilan haydovchi ehtiyot chorasi sifatida ushlab turish uchun qamoqqa olindi. 

Hozirda haydovchiga nisbatan 266-moddasining 2-qismi, ya'ni, “Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish” bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Agar haydovchi ushbu moddaga ko‘ra aybdor deb topilsa, muayyan huquqdan mahrum etiladi va yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Tergov jarayonlari yakuniy bosqichda.  

Top