18:20 / 19.02.2019
8226

Karl Lagerfeld vafot etdi

Foto: Bloomberg

Fransiyada germaniyalik modeler va dizayner Karl Otto Lagerfeld 86 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Le Figaro nashri xabar tarqatdi.

Ma'lum qilinishicha, oxirgi kunlarda uning sog‘ligi keskin yomonlashgan va shoshilinch ravishda Parijdagi shifoxonalardan biriga yotqizilgandi. Uning o‘limining aniq sababi keltirilmagan.

Karl Lagerfeld 1933 yili Hamburgda dunyoga kelgan. O‘tgan asrning 50-yillari o‘rtalarida Parijga ko‘chib o‘tgan va bu shaharda Chloe, Jean Patou va Fendi kabi modalar uylari bilan hamkorlik qila boshlagan.

U 1974 yilda o‘z nomidagi kompaniyaga asos solgan, 1983 yilda Lagerfeld Chanel modalar uyining badiiy direktori etib tayinlangan, u umrining asosiy qismida Chanel bilan hamkorlik qilgan. U fotograf sifatida ham mashhur edi.

Top