8458.16 USD +9.27

9501.05 EUR +38.29

129.74 RUB -0.07

10994.8 GBP -133.27

08:31 / 19.02.2019 11760

OAV: AQSh va Yevropa o‘rtasidagi bo‘linish kuchaymoqda

Foto: REUTERS/Francois Lenoir

Fransiyalik jurnalistlar Silvi Kaufmann va Tomas Viderning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar hamda Yevropa davlatlari o‘rtasida bo‘linish yuz bergan. Bu haqda ular Le Monde uchun maqolada yozishgan.

Material mualliflari fikriga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar va munosabatlarning yomonlashuvidan Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasi yakunlari darak beradi. Xususan, Yevropa Amerika tomonining Tehron bilan yadro bitimidan chiqib ketish to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens Yevropa AQSh kabi yo‘l tutishi hamda Eron yadro bitimidan voz kechishi kerakligi haqida ma'lum qilgandi.

Top