8460.92 USD +2.76

9439 EUR -62.05

131.06 RUB +1.32

10760.6 GBP -234.16

11:14 / 19.02.2019 50312

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 fevral kuni Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumaniga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, davlat rahbari bu yerda «Sirdaryo universal oyna» korxonasi faoliyati, farmatsevtika va oziq-ovqat tarmoqlari uchun shisha idishlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishmoqda.

Tashrif davomida Xovos va Mirzaobod tumanlari, Yangiyer va Guliston shaharlariga borish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish sohalarida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2018 yilning aprel oyi boshlarida Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurgandi.

Top