23:57 / 19.02.2019
15014

Sportchi odam qutqarish uchun 2 tonnalik avtomobilni joyidan qo‘zg‘atdi

Foto: Ryan Belcher`ning feysbuk sahifasi

AQShning Ipsilanti aholi punktida pauerlifting bilan shug‘ullanuvchi sportchi avtomobilni joyidan qo‘zg‘atib, u bosib qolgan odamni qutqargan. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.  

29 yoshli Rayan Belcher ish kuni oxirida qattiq shovqin ovozini eshitib, nima yuz berganini bilish uchun tashqariga yugurib chiqqanda, yo‘l-transport hodisasidan keyin ag‘darilib yotgan Jeep Cherokee mashinasini ko‘rgan. Uning ostida bir odam yotgan bo‘lgan. Jabrdiydaning pastki qismi mashina salonida bo‘lgan, yuqori qismi esa mashina va yo‘l belgisi o‘rtasida siqilib qolgan bo‘lgan.   

“Men kelganimda, u yerda 4 kishi bor edi. Ular mashinani joyidan siljitishmoqchi bo‘lishgan, biroq bundan hech narsa chiqmasligi ko‘rinib turardi”, deb eslagan voqeani Belcher. Shunda pauerlifter bu vaziyatda mashg‘ulotlar vaqtida egallagan malakalari asqotishini anglagan. Sportchining ta'kidlashicha, u 400 kgdan og‘irroq shtanga bilan o‘tirib tura oladi.

Natijada Belcher mashinani joyidan qo‘zg‘atib, jabrlanuvchini ozod qilishga muvaffaq bo‘lgan. Jabrlanuvchi jiddiy jarohatlar olganiga qaramay, omon qolgan. Mashina ichida bo‘lgan yana bir ayol yo‘lovchi shifoxonaga yetkazilgan.

 

Top