10:58 / 19.02.2019
7652

Surxondaryoda yuz bergan YTH oqibatida velosipedchi vafot etdi

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida 16 fevral kuni soat 09.00larda E.Sh. o‘zining “Toyota Corolla” rusumli avtomashinasini Oltinvoha mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘lining 1408-km.da haydab ketayotib, yo‘l chetida velosiped haydab ketayotgan Oltinvoha mahallasida yashagan Sh.X.ni urib yuborgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada Sh.X. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Top