14:34 / 19.02.2019
4583
“Vaqf” fondi tomonidan Sariosiyo tumanidagi uch mahallaga toza ichimlik suvi tarmog‘ini o‘tkazish ishlari yakuniga yetkazildi 
Foto: "Vaqf" fondi

Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani Bog‘i Obod, Sebzor va Ehtirom mahallalari aholisiga “Vaqf“ xayriya jamoat fondi tomonidan ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Sakkiz ming nafardan oshiq aholi yashovchi ushbu qishloqlarga “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan toza ichimlik suvi tarmog‘ini o‘tkazish ishlari yakuniga yetkazildi. Ushbu ishlarda mahallada yashovchi aholi ham faol ishtirok etdi.

Fond homiyligida ming metrlik quvurlar yetkazib berilib, qazish va montaj ishlari faol tarzda tamomlandi.

Suv inshootining ochilish marosimi Qur'on tilovati bilan boshlanib, ushbu xayrli ishlarda qatnashganlar, homiy tadbirkorlar, homiylik qilgan barchaning haqqiga duo qilindi.

Foto: "Vaqf" fondi
Foto: "Vaqf" fondi
Foto: "Vaqf" fondi
Foto: "Vaqf" fondi
Top