09:00 / 20.02.2019
5930

«KAFOLAT sug'urta kompaniyasi» AJ aholi o‘rtasida sug‘urta xizmatlarini targ‘ib etmoqda

Hayotimizda turli ko‘ngilsiz hodisalar ham uchrab turadi. Qay biridan o‘zimiz himoyalansak, boshqa bir hodisalarda sug‘urta tashkilotlari ko‘makka keladi. Ammo, sug‘urta xizmatlaridan hamma ham unumli foydalanadimi? Umuman sug‘urta haqida yetarli ma'lumotga egamizmi? Uning hayotimizdagi o‘rni qanday?

Mana shu savollarga javob berish, qolaversa fuqarolarimizni sug‘urta xizmatlaridan xabardor etish hamda aholi o‘rtasida sug‘urta madaniyatini oshirish maqsadida «KAFOLAT sug'urta kompaniyasi» AJ Toshkent shahar filiali mutaxassislari poytaxtimizning Yunusobod tumani «Husniobod» mahallasi, Mirzo Ulug‘bek tumani «Ahillik» mahallasi, Bektemir tumani «Majnuntol» mahalla fuqarolari yig‘ini faollari bilan uchrashdi. 

Kompaniyaning Navoiy viloyati filiali mutaxassislari viloyatning Konimex tumani «Yuksalish» mahallasi fuqarolari, Karmana tumani erkin iqtisodiy zonasida joylashgan Telecom Devices Pro MChJ qo‘shma korxonasi xodimlari o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini o‘tkazmoqda. 

Mazkur uchrashuvlar hamda sug‘urta xizmatlari haqida ma'lumotlar Respublikamizning barcha viloyatlarida o‘tkazilmoqda. Kompaniya xodimlari uyma-uy yurib, aholi o‘rtasida sug‘urtaning majburiy va ixtiyoriy turlari haqida batafsil ma'lumot bermoqda. Ayniqsa aholi uchun qulay bo‘lgan mol-mulk, avtomashina, uy va imoratlar sug‘urtasi hamda boshqa sug‘urta xizmatlari to‘g‘risida batafsil tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

«KAFOLAT sug'urta kompaniyasi» AJ matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Top