8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

15:00 / 20.02.2019 22400

 «Londonda yashashni istaysizmi?» Noyob uylar va ishonchli xizmat

2019 yilning 26-28 fevral kunlari London Relocation Consultancy ko‘chmas mulk agentligi hamda  dunyoning eng istiqbolli, ko‘rkam va dinamik shahri – Londonning bunyodkorligiga katta hissa qo‘shgan yirik Britaniya qurilish kompaniyasi bo‘lmish Barratt London vakillari Toshkentga tashrif buyuradi.

London – nihoyatda chiroyli shahar, Buyuk Britaniyaning yuragi hisoblanadi. Nima uchun ko‘plab insonlar bu shaharga sayohat qilishni va yashashni istashadi?

Birinchidan, London juda ham ko‘p tarixiy va madaniy yodgorliklari  bilan nom qozongan. Ular orasida Bukingem saroyi, Vestminster ibodatxonasi, Avliyo Pavl cherkovi, Tauer qal'asi, Vindzor qal'asi, Milliy galereya va boshqalarni uchratish mumkin. 

Ikkinchidan, London — xalqaro biznes va savdoning dunyoviy markazlaridan biri. Yirik Yevropa banklari, savdo markazlari, sug‘urta kompaniyalari, milliy muassasalar  o‘zlarining bosh idoralarini Londonning beshta biznes hududlaridan birida joylashishini sharaf deb hisoblashadi. Shu sababli, dunyodagi eng go‘zal shahar katta investitsiyalarni qo‘lga kiritadi. 

Shuning uchun, Londonda ko‘chmas mulk sotib olish – bu nafaqat nufuzli, balki juda ham foydalidir, sizning xaridingiz dunyoning eng ishonchli shahrida kiritilgan investitsiya diversifikatsiyasiga aylanadi va farzandlaringiz kelajagi ta'minotini kafolatlaydi. Shuningdek, Londondagi turarjoylar ijarasiga ham doimo talab katta. 

Oksana Litman - London Relocation Consultancy
ko‘chmas mulk kompaniyasining boshqaruvchi direktori

Styuart Lezli - Barratt London kompaniyasining marketing va savdo bo‘yicha direktori, Oksana Litman - London Relocation Consultancy ko‘chmas mulk kompaniyasining boshqaruvchi direktori O‘zbekistonga ilk marotaba tashrif buyurmoqda. Har ikki kompaniya rahbarlari 26dan 28 fevralgacha Toshkent shahrida seminar va maxsus uchrashuvlar o‘tkazishadi. Sizda London turarjoy bozorlaridagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida savollar berish va ma'lumotlar olishning ajoyib imkoniyati mavjud bo‘ladi. 

Mustaqil harakat qilish kerakmi yoki munosib variantlarni ko‘rish uchun ishonchli kompaniyalarga murojaat qilish lozimmi? Bu savolni uy xarid qilish yoki ijaraga olishni istagan har bir kishi o‘ziga berishi aniq. London yoki dunyoning boshqa rivojlangan mamlakatlarida insonning shaxsiy vaqti juda qadrlanadi. Shu sababli, uy-joy xaridi bilan bog‘liq barcha masalalar professional qurilish va ko‘chmas mulk kompaniyalarining zimmasiga yuklanadi. 

Kompaniyalar haqida

London Relocation Consultancy - Londondagi ko‘p qavatli turarjoy va uylarni, Angliyadagi investitsion va tijorat ko‘chmas mulk obektlarini, Buyuk Britaniyaning London, Surrey va boshqa shaharlarida qurilish loyihalarini sotishga mo‘ljallangan rus tilida ish olib boruvchi yetakchi ko‘chmas mulk agentligi.  Kompaniya Angliyada turarjoy, katta uy va investitsiya izlashda qiyinchilik va ortiqcha sarsongarchiliklarsiz vaqtingizni tejagan holda sizga munosib ko‘chmas mulkni belgilangan talablarga ko‘ra tanlash va eng qulay shartnomalar tuzishga yaqindan yordam beradi.

Kompaniya nafaqat Londondagi turarjoylarni tanlashga, balki to‘liq bitim tuzishda yuridik xizmatni ham hisobga olgan holda mijozlarga ko‘maklashadi. 

Barratt London – katta ish tajribasiga ega yetakchi turarjoy qurish kompaniyasi bo‘lib, Buyuk Britaniyadagi eng yirik qurilish korporatsiyasi Barratt Developmens PLC’ning bir qismi sanaladi. 

Har yili kompaniya Buyuk Britaniyada 2000dan ortiq minglab yangi uylarni – oilaviy xonadonlardan tortib hashamatli binolarni qurib, sotuvga qo‘yadi. Shuningdek, kompaniya butun mamlakat bo‘ylab turar-joylarga bo‘lgan katta ehtiyojni qondirish maqsadida chekka hududlardagi aholi uchun ham arzon turarjoylar taklif etadi. 

Mazkur taniqli brend o‘z faoliyatini 1982 yilda Buyuk Britaniya poytaxtida jahon darajasidagi turarjoy inshootlarini yetkazib berish bilan boshladi va hozirgi kunda Londonning eng yetakchi developeri sifatida 30 yildan ortiq ish tajribasiga ega. Shuningdek, kompaniyaning rejalashtirish, loyihalashtirish va turar-joy binolarini kompleks barpo etish bo‘yicha ham katta tajribasi bor.  

Barratt London dunyoning eng rivojlangan, ko‘rkam shaharlaridan birini shinam va bejirim imoratlar bilan bezashda muhim rol o‘ynaydi. 

Kompaniyaning muvaffaqiyatli biznes modeli:

  • Maqsadli yer sotib olish;
  • Qoyilmaqom dizayn;
  • Mukammal va samarador qurilish;
  • Innovatsion savdo va marketing;
  • Mijozlar bilan ishlash borasida yetakchilik;
  • Moliyaviy natijalarni yetkazish.

Co‘nggi 60 yil ichida Barratt Developmens PLC’ 450 000dan ortiq ko‘chmas mulk obektlarini qurib bitkazdi. Bugungi kunda u bozor kapitali 5.4 milliarddan oshuvchi Buyuk Britaniyaning eng yaxshi qurilish kompaniyalari yuztaligi ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, London fond birjasida FTSE100 raqami ostida ro‘yxatdan o‘tgan. 

Har yili Barratt London  2000dan ortiq uylarni quradi va asosiy qadriyatlar, yuqori sifatli mahsulotlar, vaqt tejamkorligiga sodiq qolgan holda doimiy mijozlarga yangidan-yangi ajoyib imoratlar qurib berishda o‘z ko‘nikmasini rivojlantirib boradi.  

Asosiy biznes-diqqat – mijozlarning xohish-istaklarini qondirish. Shuni ishonch bilan ayta olamizki, mazkur kompaniya Buyuk Britaniya quruvchilari Federatsiyasi tomonidan 9 yil ketma-ket mijozlar mamnunligi reytingida 5 yulduzli ko‘rsatkich bilan maksimal ballarni qo‘lga kiritib keladi. Mazkur nufuzli mukofot 90 foizdan ortiq mijozlar Barratt London turarjoylarini tavsiya etishi va kompaniyaga bo‘lgan katta ishonchni bildiradi.

Kompaniya vakillari bilan individual uchrashuvlarni belgilash uchun iltimos, avvalroq murojaat qiling. Sababi joylar chegaralangan. 

Oksana Litman

London Relocation Consultancy

Mob/WhatsApp/Telegram +44 7557 678 655

Sayt: www.LondonRelocationConsultancy.com

Instagram: www.instagram.com/kvartiri_v_londone

Facebook: www.fb.com/NedvijimostVLondoneSLondonRelocationConsultancy

Siz bilan uchrashishni kutib qolamiz!

Reklama huquqi asosida

Top