18:19 / 20.02.2019
22518

Vazirlar Mahkamasi tarkibiy bo‘linmalarida rahbar xodimlar tayinlandi

Hukumatning “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiy bo‘linmalarining rahbar xodimlarini lavozimlarga tayinlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019 yil 28 yanvardagi PQ-4136-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida” 82-son qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi va apparati tarkibiy bo‘linmalari tuzilmalari yangidan tasdiqlanganligi munosabati bilan qabul qilindi.

Qaror bilan Mansurbek Bozorboyevich Jumaniyozov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari etib;

Bahodir Davronovich Alixonov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudirining investitsiyalar va monopoliyaga qarshi siyosat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib;

Faxriddin Foziljonovich Kaimbayev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudirining eksport, importni optimallashtirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandilar.

Mavzuga oid
Top