12:38 / 20.02.2019
19845

YHXBB yo‘l harakati qatnashchilariga murojaat bilan chiqdi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi Yo‘l harakati qatnashchilariga murojaat bilan chiqdi. 

Respublika hududida ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi, qor yog‘ishi va avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lishi, avtomobil yo‘llarida harakat qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarishi, yo‘l-transport hodisalari sodir etilishiga sabab bo‘lishi mumkinligini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini so‘raydi.

Shuningdek, zarurat bo‘lmaganda tungi vaqtlarda harakatlanmaslik, piyodalardan yo‘lni kesib o‘tishda o‘ta hushyor bo‘lish, kattalardan yo‘llarda bolalarning harakatini nazoratga olish so‘ralgan.

Top