19:19 / 20.02.2019
11243

«Yuventus» futbolchisi Sami Xediraning yuragi operatsiya qilindi

Italiyaning “Yuventus” klubi futbolchisi Sami Xedira yuragida muvaffaqiyatli operatsiyani o‘tkazdi. Bu haqda klub saytida ma'lum qilingan.

Shifokorlarning prognozlariga ko‘ra, yarim himoyachining tiklanishiga bir oycha vaqt talab etiladi.

Futbolchi 19 fevralda, “Yuventus”ning Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida “Atletiko” bilan birinchi uchrashuviga uchib ketish oldidan o‘zini yomon his qilgan. Futbolchi ko‘rikka jo‘natilgan va unda aritmiya aniqlangan.

Nemis futbolchisi “Yuventus” uchun 2015 yildan beri to‘p surib keladi. 31 yoshli futbolchining hisobida ushbu klub uchun 125 ta o‘yin, 21 ta gol va 10 ta golli uzatma bor. Xedira Italiyaning 3 karra chempioni, 3 karra Italiya kubogi va Italiya superkubogi sohibi hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top