10:09 / 21.02.2019
14292

Andijonda talonchilar qo‘lga olindi

2019 yil 18 fevral kuni Andijon shahrida Asaka tumanida yashovchi J.A., T.M., D.F., va N.A. Asaka tumani Istiqlol mahallasidagi avtoturargohda fuqaro E.A. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirishgan va Andijon shahriga yetib kelgan vaqtlarida ular haydovchini tanasining turli joylariga jarohat yetkazishgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, so‘ng ular uning 500 AQSh dollari, 240 000 so‘m puli, “Redmi 5” mobil telefonini olib voqea joyidan yashiringanlar. 

Natijada E.A. kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan barcha shaxslar ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top