07:32 / 21.02.2019
8242

Fransiya Shveytsariyaning eng yirik bankiga rekord qiymatdagi jarima soldi

Foto: EPA

Parij jinoyat sudi Shveytsariyaning eng yirik banki UBS’ga pul yuvganlik uchun 3,7 mlrd yevro jarima soldi va 800 mln yevro miqdoridagi sud xarajatlarini to‘lab berishni zimmasiga yukladi. Bu haqda Le Figaro nashri xabar berdi.  

Ta'kidlanishicha, sud prokuraturaning arzini to‘liq qondirgan. Jarima qiymati Fransiyada soliq to‘lashdan qochishga taalluqli barcha ishlar tarixidagi rekord summani tashkil qilgan.

Bundan tashqari, bankning 6 rahbaridan 5 nafari shartli qamoq jazosiga va 300 ming yevrodan jarimaga tortilgan. 

Bank huquqshunoslari fransuz sudi qarori ustidan arz qilishmoqchi.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, bank fransiyalik minglab o‘ziga to‘q mijozlar uchun 2004 yildan 2012 yilgacha soliqdan qochish sxemasini tashkillashtirgan. Bank ularga Fransiyaning tegishli idoralarini xabardor qilmasdan Shveytsariyada hisobraqam ochishga imkon bergan. Firibgarliklar oqibatida turli ma'lumotlarga ko‘ra Fransiya soliq idoralari yonidan 8 mlrd.dan 23 mlrd yevrogacha pul “oqib” ketgan.

Top