16:13 / 21.02.2019
6737
O‘zbekiston Tojikistonda traktor ishlab chiqarish uchun sarmoya kiritdi - OAV

O‘zbekistonning Tojikistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ergash Shoismatov tojikistonlik ishbilarmonlar bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalari, xususan qo‘shma korxona qurish va texnika ishlab chiqarish masalasini muhokama etdi. Bu haqda AP xabar bermoqda. 

«Yig‘ilish davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikda ko‘mir qazib olish va tovarlarni tashish uchun texnika ishlab chiqaruvchi yangi korxonani ta'sis etishga kelishib olishdi», — deyiladi xabarda. 

Tojikiston Davlat mulkini boshqarish va investitsiyalar qo‘mitasi rahbari Farrux Hamroalizodaning aytishicha, O‘zbekiston Tojikiston iqtisodiyotiga 5,4 million AQSh dollar qiymatida sarmoya kiritdi. O‘zbekistondan kiritilayotgan investitsiyaning katta qismi qishloq xo‘jaligi, parrandachilik va bog‘dorchilik yo‘nalishlariga qaratilmoqda. 

«Yangi «Oriyon Uzagro» qo‘shma korxonasi «Oriyon invest» hamda «O‘zagrotexsanoatholding» AJ ta'sischiligida tashkil etilmoqda. Kompaniya Dushanbe shahri atrofida ish boshlashi kutilmoqda», — deb xabar beradi AP.

Ma'lumot uchun, «O‘zagrotexsanoatholding» tarkibiga kiradigan mashina-traktor parklarining budjet va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar bo‘yicha 2018 yil 1 yanvar holatidagi qarzdorliklari 2 yilga kechiktirilganda. Shuningdek, Prezident qarori bilan O‘zbekiston 2018 yilning birinchi yarmida qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun 5778 dona texnikani sotib olishi belgilangandi.​

Top