14:53 / 21.02.2019
12592

O‘zbekistonda VPN ilovalarni yuklab olish kamaydi

Foto: Depositphotos

Seshanba, 19 fevraldan boshlab YouTube videoxostingi va «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘iga kirish O‘zbekistonda qayta tiklandi. Facebook esa qisman ochilmoqda.

Ushbu saytlarga kirish bilan bog‘liq muammolar o‘tgan yilning sentabr oyida boshlandi (YouTube bilan - oktyabrda). Foydalanuvchilar servislarni VPN’dan foydalangan holda ishlatish mumkinligini aniqladilar, bu esa ular ommabopligining keskin o‘sishiga olib keldi.

Avvalroq, O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olinuvchi 100 ilova ro‘yxatiga ham kirmagan VPN Proxy Master kabi ilovalar birinchi o‘ringa ko‘tarilib olib, Telegram hamda Instagram kabi an'anaviy yetakchilarni ortda qoldirildi.

21 fevral kuni O‘zbekistonda VPN ilovalar o‘z pozitsiyalarini yo‘qota boshladi va birinchi o‘rinni boshqa ilovalar uchun bo‘shatib berdi. Masalan, VPN Proxy Master fevral oyida davomida birinchi marta birinchi o‘rindan pastga tushib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingda keskin pastlagandi.

Mavzuga oid
Top