13:03 / 21.02.2019
7080

Poliklinika qozonxonasida ishlovchi shaxs is gazidan vafot etdi

Surxondaryo viloyatida poliklinika qozonxonasida ishlovchi shaxs is gazidan vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2019 yil 20 fevral kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahri Pattakesar mahallasida yashagan, Bo‘ston mahallasida joylashgan ko‘p tarmoqli poliklinikasining qozonxonasida ishlovchi J.X. ish joyida is gazidan zaharlanib, voqea joyida vafot etgan.

Surishtiruv ishlari olib bormoqda, deyiladi xabarda.

Top