07:37 / 22.02.2019
28467
Guaydo ilk “prezident” farmonini chiqardi
Foto: RIA Novosti / Leo Alvares

O‘zini Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti deb e'lon qilgan Xuan Guaydo 21 fevralda o‘zining 001-sonli “mamlakatga gumanitar yordam yetkazilishiga ruxsat haqidagi” ilk “prezident” farmonini chiqardi.    

“Bolivar milliy qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni sifatida gumanitar yordam Venesuela hududiga tushishiga ruxsatni tasdiqlayman va bu kuchlarning turli elementlariga bu yo‘riqnoma bo‘yicha harakat qilishlarini buyuraman”, deb aytilgan Guaydo farmonida.

Muxolifat nazoratidagi Venesuela parlamenti ham 19 fevralda prezident Nikolas Maduro yetkazilishiga qarshilik qilayotgan gumanitar yordamni olishni ma'qulladi. Yordamning yetkazilishi  23 fevraldan boshlanishi rejalashtirilgan. 

Shuningdek, Guaydo o‘z farmoni bilan Maduroning “qardosh davlat Braziliya” bilan chegarani yopish buyrug‘ini bekor qilgan, Aruba, Boneyra va Kyurasao orol-davlatlari bilan munosabatlarni kuchda qoldirgan va uning hukumati tomonga o‘tadigan harbiylarga kafolatlar berilishini tasdiqlagan.

Mavzu
Venesuelada siyosiy inqiroz
Venesuela prezident Nikolas Maduroga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari girdobida qoldi. 23 yanvar kuni, ushbu namoyishlar avjiga chiqqan vaqtda Venesuela parlamenti rahbari Xuan Guaydo o‘zini mamlakatning muvaqqat prezidenti deb e'lon qildi
Barchasi
Top