14:29 / 23.02.2019
39262

O‘zbekistonda uch yashar qizni o‘g‘irlab ketgan yigit 1 yilga qamaldi

Toshkentda sud 3 yoshli qizchani o‘g‘irlab ketgan shaxsni 1 yilga ozodlikdan mahrum etish haqida qaror chiqardi. Bu haqda «Zamon» ko‘rsatuvida xabar berilgan.

Tergov davomida ma'lum bo‘lishicha, Muzaffar ismli yigit Shaxina ismli ayol bilan shar'iy nikoh qurgan. Shu bilan birga, ayol aysh-ishratli hayot tarzi kechirib kelgan va odatda dugonasi bilan tungi klublarda vaqt o‘tkazgan.

U Shaxinadan bir necha bor o‘zini to‘g‘rilashni va bunday hayot tarzini to‘xtatishni so‘ragan, lekin ayol yigitning gaplarini e'tiborsiz qoldirgan. Keyin u ayol dugonasining 3 yashar qizini o‘g‘irlab ketishga qaror qilgan.

«Erkak xotini fohishalik bilan shug‘ullanganini bilmagan va uning dugonasining 3 yashar qizini o‘g‘irlagan. Shu tariqa, u ayol tez-tez yo‘qolib qoladigan xotinini unga topib berishini xohlagan», - deydi Olmazor tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudining sudyasi Muso Yusupov.

Umuman olganda, Muzaffar ayol Shahinani unga qaytishga majburlaydi, deb o‘ylagan. Biroq, ayollar ichki ishlar idoralariga murojaat qilishdi, ko‘rilgan choralar natijasida Muzaffar qo‘lga olindi.

Sud, barcha dalillarni hisobga olgan holda, Muzaffarni 1 yilga ozodlikdan mahrum qildi. 

Top