19:03 / 23.02.2019
11512

«Shanxay SIPG» Xitoy Superkubogida g‘alaba qozondi

Xitoyda yangi futbol mavsumi Superkubok bahsi bilan start oldi.

Unda «Shanxay SIPG» va «Beyjing Guoan» klublari bellashdi. O‘yin taqdirini 2-bo‘limda shanxayliklar urgan 2ta gol hal qildi. Natijada, «Shanxay SIPG» o‘z tarixida ilk marotaba Superkubokni qo‘lga kiritdi.

Qayd qilish joizki, hamyurtimiz Odil Ahmedov bu o‘yinda ishtirok etmadi.

Xitoy Superkubogi
23 fevral
«Shanxay SIPG» - «Beyjing Guoan» 2:0
Gollar: Vang (62), Lu Venyun (66)

Mavzuga oid
Top