15:22 / 23.02.2019
4485

Shayxontohurdagi uyda yong‘in: bir kishi halok bo‘ldi

2019 yil 21 fevral kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida yashagan R.A. mast holda uyi yotoqxonasida sigaret chekib, uxlab qolishi natijasida sigaret kukuni ko‘rpa ustiga tushib, yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in qo‘shnilar tomonidan o‘chirilgan. 

Yong‘in oqibatida R.A. vafot etgan.  Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top