11:42 / 23.02.2019
6764

Toshkentda fuqaroni yer bahonasida 15 000 dollarga «uxlatishdi»

2019 yil 21 fevral kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tuman IIBga tushgan xabarga ko‘ra, 2018 yil mart oyi oxirlarida Sergeli tumani Quruvchilar ko‘chasida yashovchi M.S. Mirzo Ulug‘bek tumani hududida, fuqaro S.A.ga Chilonzor tumani Mevazor mahallasi hududidan 15 sotix yer maydoni olib berishini va'da qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, xabarda bu shaxs undan 15 000 AQSh dollari va 3 300 000 so‘m pulini olib, shu kunga qadar bergan va'dasini bajarmay kelayotgani ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.S. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top