20:49 / 23.02.2019
4538

Vetnamda bir vazirlikning ikki sobiq rahbari hibsga olindi 

Vetnamning sobiq axborot vazirlari Nguyen Bak Son va Chiong Min Tuan davlat sarmoyalarini tegishli ravishda ishlatmaganlik gumoni bilan hibsga olindi. Mamlakat bosh prokuraturasi ularni “davlat investitsiya mablag‘larini boshqarish va qo‘llash qoidalarini buzganlik uchun” javobgarlikka tortish qarorini chiqargan. Sobiq amaldorlar 20 yillik qamoq jazosi olishlari mumkin.

Nguyen Bak Son 2011 yildan 2016 yilgacha, Chiong Min Tuan esa 2016-2018 yillar vazirlikka rahbarlik qilgan. Tuan davlat mobil operatori Mobifone bilan bog‘liq qoidabuzarliklar uchun lavozimidan bo‘shatilgan.

Vetnamda korrupsiyaga qarshi katta ko‘lamli kurash olib borilmoqda. Oxirgi yillarda bir qator yuqori lavozimli mansabdor shaxslarga nisbatan sud taftishlari boshlangan.  

Top