21:51 / 23.02.2019
5730

Xitoydagi avtohalokat 20 kishining umriga zomin bo‘ldi

Xitoyning shimolidagi Ichki Mo‘g‘uliston muxtor tumanida joylashgan ko‘mir qazib oluvchi kompaniyalardan birining yuk mashinasi bilan yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohat oldi. 

Mahalliy vaqt bilan 23 fevral soat 8.20da Shilin-Gol degan joyda ishchilarni konga olib ketayotgan yuk mashinasi avtohalokatga uchragan. Oqibatda 15 kishi voqea joyida, bir kishi shifoxonaga yo‘lda, yana 4 kishi esa shifoxonada jon bergan.

Ta'kidlanishicha, haydovchi tormoz nosozligi sababli boshqaruvni qo‘ldan chiqargan.

Kamida 30 kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar olgan, ularga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Top