18:39 / 24.02.2019
14250

Eron o‘zi ishlab chiqargan suv osti qanotli raketasini ilk bor uchirdi (video)

Eron harbiy-dengiz mashg‘ulotlari vaqtida o‘zi ishlab chiqargan, “Qodir” turidagi suv osti qanotli raketasini ilk bor otdi. Bu haqda Tasnim axborot agentligi xabar berdi. Mashg‘ulotlarda “Fotih” suv osti kemasi ishtirok etgan.

“Viloyat-97” nomli mashg‘ulotlar Ummon ko‘rfazida o‘tmoqda. Ularda 100 dan ko‘proq harbiy texnika: suv osti kemalari, mina tashuvchilar, raketa otuvchi kemalar, samolyotlar va vertolyotlar ishtirok etmoqda..

Eron bir qator davlatlarning tanqidlari va noroziligiga qaramay, 1990-yillardan beri o‘zining raketa dasturini rivojlantirish bilan shug‘ullanib keladi. Bundan avvalroq Yevropa Ittifoqi Tehronga qarshi sanksiyalarni kengaytirgandi. Bu orada Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Eron raketa dasturi ustida ishlarni davom ettirishini va buning uchun mamlakatga kimningdir ruxsati kerakmasligini aytgan. 

Mavzuga oid
Top