08:07 / 24.02.2019
58094
Shahram G‘iyosov g‘alabali seriyasini davom ettirdi

Olimpiya o‘yinlari sovrindori, havaskor boksda jahon chempioni Shahram G‘iyosov professional boksda navbatdagi g‘alabasiga erishdi.

Meksikaning Tixuana shahrida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida o‘zbekistonlik bokschi meksikalik Edgar Puertaga qarshi ringga ko‘tarilib, muddatidan avval g‘alabaga erishdi.

8 raund uchun mo‘ljallangan jangning beshinchi raundda Shahram G‘iyosovning ketma-ket zarbalaridan so‘ng raqib muvozanatni yo‘qotdi. Shu sababli hakamlar bahsni to‘xtatishdi va Shahram jangni muddatidan oldin o‘z foydasiga hal qildi.

Mazkur bahs orqali G‘iyosov faoliyatidagi yettinchi jangida yettinchi g‘alabani rasmiylashtirdi. U janglarining 6tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Meksikalik Edgar Puertoning o‘tkazgan janglari soni esa 38taga yetdi. Ularning 25tasida g‘alaba qozongan (19ta nokaut). 12 marta mag‘lubiyatga uchragan (6ta nokaut) va 1ta durangga erishgan.

Top